8. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlari uchun turli masofalarga yugirish musobaqasining bir necha turlarini va shu bilan bogʻliq madaniy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
8. Madaniy tadbirlar ishtirokchilar va mehmonlarning norasmiy dam olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida oʻtkaziladi va ular oʻquv va interaktiv maydoni va sahnada konsert dasturini oʻz ichiga olishi mumkin.
9. Tadbir quyidagi masofa turlarini oʻz ichiga oladi:
"Fun 2K" (2 км) 30 daqiqa 16 yosh va undan kattalar
"Beginner 10K" (10 км) 2 soat 16 yosh va undan kattalar
"Half 21K" (21 км) 4 soat 18 yosh va undan kattalar
"Ultra 50K" (50 км) 8 soat 18 yoshdan 55 yoshgacha
9.1.
"Fun 2K" masofa turi quyidagi tarzda tashkil etiladi:
mazkur tur 2 km masofaga oʻtkaziladi;
yugurish musobaqasi
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan trassa tarhi boʻyicha bir doirada boʻlib oʻtadi;
musobaqada qatnashishga 16 yosh va undan katta yoshdagi tadbirning start raqami va
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan ishtirokchi tilxatiga ega ishtirokchilarga ruxsat beriladi.
16-17 yoshdagi ishtirokchilar qoʻshimcha ravishda
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan 2 km masofadagi yugurish musobaqasida ishtirok etish boʻyicha ota-onalardan biri yoki vasiy shaxs tomonidan toʻldirilgan rozilik tilxatining aslini taqdim etishlari shart.
9.3.
"Beginner 10K" masofa turi:
mazkur tur 10 km masofaga oʻtkaziladi;
yugurish musobaqasi
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan trassa tarhi boʻyicha bir doirada boʻlib oʻtadi;
musobaqada qatnashishga 16 yosh va undan katta yoshdagi tadbirning start raqami va
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan ishtirokchi tilxatiga ega ishtirokchilarga ruxsat beriladi.
16-17 yoshdagi ishtirokchilar qoʻshimcha ravishda
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan 10 km masofadagi yugurish musobaqasida ishtirok etish boʻyicha ota-onalardan biri yoki vasiy shaxs tomonidan toʻldirilgan rozilik tilxatining aslini taqdim etishlari shart.
9.4.
"Half 21K" masofa turi
mazkur tur 21 km masofaga oʻtkaziladi;
yugurish musobaqasi
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan trassa tarhi boʻyicha bir doirada boʻlib oʻtadi;
musobaqada qatnashishga 18 yosh va undan katta yoshdagi tadbirning start raqami va
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan ishtirokchi tilxatiga ega ishtirokchilarga ruxsat beriladi.
9.5.
"Ultra 50K" turi
mazkur tur 50 km masofaga oʻtkaziladi;
yugurish musobaqasi
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan trassa tarhi boʻyicha bir doirada boʻlib oʻtadi;
musobaqada qatnashishga 18 yosh va undan katta yoshdagi tadbirning start raqami va
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan ishtirokchi tilxatiga ega ishtirokchilarga ruxsat beriladi.
10. Ishtirokchi oʻzining tayyorgarlik darajasini oʻzi mustaqil ravishda baholaydi va qaysi musobaqa turida qatnashishini belgilaydi.
11. Ishtirokchilarning yugurish musobaqalari qoidalariga rioya qilishlarini taʻminlash uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan mazkur jarayonga sport hakamlari jalb qilinadi.
12. "Ultra 50K" masofasida ishtirok etish uchun malaka talablari:
2019 – 2021-yillarda 21 km va 42 km masofalarda tasdiqlangan natijalarni taqdim etish talab etiladi. Agar ishtirokchi tomonidan buyurtmasi boʻyucha malakasi tasdiqlanmasa, tashkilotchilar uni quyidagi (21 km) masofaga oʻtkazish huquqiga ega.
Majburiy ashyolar:
- hushtak;
- yomgʻir va quyoshdan quyoshdan saqlovchi adyol;
- namlik va shamolga chidamli kiyim, bosh kiyim.
Tashkiliy qoʻmita tomonidan quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar va quyoshdan saqlovchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
13. Ishtirokchilar tomonidan yugurish tadbirlari qoidalariga rioya qilish uchun sport hakamlari jalb qilinadi.
14. Tadbir ishtirokchilarining cheklangan soni: 800 kishi, shu jumladan:
Fun 2K – 250 oʻrin;
Beginner 10K – 300 oʻrin;
Half 21K – 200 oʻrin;
Ultra 50K – 50 oʻrin.
15. Trassa tavsifi:
aylana uzunligi: 25 km;
yoʻlning shakli: halqalangan trassa;
yoʻlning asosiy yuzasi: asfalt.
16. Start joylashgan joy: Oʻzbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, "Zomin" milliy tabiat bogʻi, "Zomin-Baxmal" avtomagistrali (4P40), "Kattashir" togʻ soyining qirgʻogʻi.
17. Start joylashgan joy: finish joylashgan joy.
18. Trassaning har 5 km,10 km, 15 km, 20 km, 25 km masofalarida ishtirokchilar uchun ovqatlanish punktlari joylastiriladi. Ovqatlanish punktlarida suv, sport ichimliklari, kola/pepsi, mevalar bilan ta'minlanadi.
18. Masofalarga startlar jadvali va tegishli madaniy-koʻngilochar tadbirlarning dasturi
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida yugurish tadbiridan ikki hafta oldin eʻlon qilinadi.
19. Ishtirokchilar toifalari.
a) 16 yosh va undan katta yuguruvchilarga tadbirda qatnashishga ruxsat beriladi. Ishtirokchining yosh toifasi
https://samarkandhalfmarathon.uz/ veb-saytida yoki belgilangan shakl va qoidalarga muvofiq berilgan korporativ arizada roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatiladi.
Korporativ arizalar halfmarathon@acdf.uz elektron pochta orqali qabul qilinadi. Ariza beruvchi korporativ arizani topshirishning barcha tafsilotlarini javob xatida oladi.
Ishtirokchining yoshi yugurish musobaqasi kuni toʻliq toʻlgan yoshiga qarab belgilanadi.
16-17 va undan katta yoshda boʻlgan ishtirokchilarga ularning qonuniy vakillari yoki guruh rahbari boʻlgan kattalar hamrohligida tadbirda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Mazkur Reglamentning 31-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda voyaga etmagan ishtirokchini Tadbirda ishtirok etish uchun voyaga etmagan ishtirokchining qonuniy vakili qonuniy vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.
Bunday hujjat quyidagilar boʻlishi mumkin:
ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi pasporti, ID va FHDYO organi tomonidan bolaning tugʻilganligini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi belgining mavjudligi;
pasport yoki ID, ota-onaning pasportida FHDYO organi tomonidan bolaning tugʻilganligini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi belgisi boʻlmasa, ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat va bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini taqdim etiladi;
vasiyning shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilganda vasiyning guvohnomasi;
voyaga etmagan ishtirokchi qonuniy vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
16-17 va undan katta yoshda boʻlgan ishtirokchi
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan ota-onalarning rozilik tilxatining aslini taqdim etishi shart.
b) ishtirokchilarning yosh toifalari:
Beginner 10K 16-17, 35-39, 40-44, 45-49, 50-54, 55+;
Half 21K 35-39, 40-44, 45-49, 50-54, 55+;
Ultra 50K 35-39, 40-44, 45-49, 50-55;
20. Yakuniy natijalarni e'lon qilish va mukofotlash tartibi.
a) har bir ishtirokchining roʻyxatdan oʻtgan masofani bosib oʻtganligi yakuniy bayonnomada qayd etiladi va
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida eʻlon qilinadi.
b) barcha ishtirokchilar tadbir ramzlari va esdalik medallari bilan taqdirlanadilar.
c) "Ultra 50K", "Half 21K", "Beginner 10K", "Fun 2K", masofa turlari boʻyicha natijalarni sarhisob qilish masofani bosib oʻtishning aniq vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi (start chizig'ini tark etish vaqti va marra chizigʻini kesib oʻtish vaqti oʻrtasidagi farq).
d) 2 km masofaga ("Fun 2K") yugurish musobaqasi natijalariga koʻra gʻoliblarni taqdirlash:
mutlaq birinchilik: oʻtkazilmaydi;
yosh toifasi boʻyicha: oʻtkazilmaydi;
e) 10 km masofaga ("Beginner 10K") yugurish musobaqasi natijalariga koʻra gʻoliblarni taqdirlash:
mutlaq birinchilik: 1 – 5-oʻrinlar (erkaklar va ayollar);
yosh toifalari boʻyicha: 1-oʻrin (16-17 yoshdagi oʻgʻil bolalar va qizlar,
35-39 yosh, 40-44 yosh, 45-49 yosh, 55 va undan katta yosh);
f) 21 km masofaga ("Half 21K") yugurish musobaqasi natijalariga koʻra gʻoliblarni taqdirlash:
mutlaq birinchilik: 1 – 5-oʻrinlar (erkaklar va ayollar);
yosh toifalari boʻyicha: 1-oʻrin (erkaklar va ayollar, 35 – 39 yosh,
40 – 44 yosh, 45 – 49 yosh, 55 va undan katta yosh).
g) 50 km masofaga ("Ultra 50K") yugurish musobaqasi natijalariga koʻra gʻoliblarni taqdirlash:
mutlaq birinchilik: 1 – 5-oʻrinlar (erkaklar va ayollar);
yosh toifasi boʻyicha: 1-oʻrin (35 – 39 yosh, 40 – 44 yosh, 45 – 49 yosh,
50 va undan katta yoshdagi erkak va ayollar).
h) yosh toifalarida va mutlaq birinchilikda gʻoliblarni taqdirlash dastlabki bayonnomalar tuzilgandan soʻng amalga oshiriladi. Natijalar
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtiriladi.
i) tashkilotchi dastlabki 10 nafar finishchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega.
j) barcha masofalar boyicha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadilar.
22. Cheklovlar, taqiqlar, diskvalifikatsiya.
a) alkogol yoki giyohvandlik holatida boʻlgan ishtirokchilarga yugurish tadbiriga ruxsat berilmaydi (shu jumladan diskvalifikatsiya qilinganlar).
b) Tadbirga hamrohlik qilayotgan tibbiyot xodimi vizual tekshiruv asosida (Bosh hakam bilan kelishilgan holda) ishtirokchini startgacha qoʻymaslikka yoki musobaqadan chetlatishga haqlidir.
c) agar ishtirokchi yugurish jarayoni boʻyicha Nizomda belgilangan vaqtda startga chiqmasa, unga yakuniy bayonnomada DNS (Did not start) maqomi beriladi.
d) agar ishtirokchi finish kamarini kesib oʻtmasa (yugurish musobaqasidan chiqib ketgan boʻlsa), unga yakuniy bayonnomada DNF (Did not finish) maqomi beriladi.
e) ishtirokchi diskvalifikatsiya qilingan taqdirda, unga yakuniy bayonnomada DQ (Disqualified) maqomi beriladi.
f) bosh hakam va yugurish musobaqasining ishchi komissiyasining qarori bilan ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinishi hamda uning natijalari yugurish musobaqasi paytida va undan keyin ham bekor qilinishi mumkin.
g) ishtirokchining masofani bosib oʻtishga qodir ekanligiga asosli shubha tugʻilsa, yoki uning ishtiroki uning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirsa, yoki sportchining ishtiroki musobaqa imidjiga putur etkazishi mumkin
boʻlsa, tashkilotchilar roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish huquqiga ega. Bunday holda, ishtirokchiga elektron pochta orqali sabablarini tushuntirib beradigan javob yuboriladi. Agar rad etish paytida ishtirokchi start toʻlovini toʻlagan boʻlsa, bunday holatda unga toʻlov summasi toʻliq qaytariladi.
h) diskvalifikatsiya sabablari:
ishtirokchi start raqamini oʻzgartirgan boʻlsa;
ishtirokchi oʻz masofasiga tegishli boʻlmagan katakdan start olsa;
ishtirokchi musobaqaning rasmiy startidan oldin yoki start tugagandan keyin start olgan boʻlsa;
ishtirokchi mexanik transport vositalaridan foydalangan boʻlsa;
masofaning istalgan oraliq nuqtasida ishtirokchining chip qurilmasi ishlamasa;
ishtirokchi startga boshqa ishtirokchining nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan start raqami bilan ketgan boʻlsa;
ishtirokchi oʻzi roʻyxatdan oʻtgan notoʻgʻri masofani bosib oʻtgan boʻlsa;
masofadagi ishtirokchiga raqamsiz yuguruvchi yoki velosipedchi hamrohlik qilsa;
ishtirokchi uy hayvonlari bilan musobaqani boshlasa, yugursa yoki yakunlasa;
ishtirokchi aravachda bolalar, maxsus ryukzaklar va bolalarni koʻtarish va tashish uchun boshqa moslamalar bilan yugurishni boshlasa, yugursa yoki yakunlasa;
ishtirokchi musobaqaning boshqa ishtirokchilariga aralashishi yoki zarar etkazishi mumkin boʻlgan asbob-uskunalar, jihozlar yoki narsalardan foydalangan boʻlsa (shu jumladan tayoqchali bayroqlar bilan);
ishtirokchi belgilngan yoʻnalishga mos boʻlmagan masofani bosib oʻtsa;
ishtirokchi masofani qisqartirgan boʻlsa;
ishtirokchi roʻyxatdan oʻtish paytida olingan shaxsiy start raqamisiz masofani bosib oʻtgan yoki start raqamini kiyimining ostiga yashirgan boʻlsa;
ishtirokchi masofani bir nechta raqam bilan bosib oʻtsa (start roʻyxatidagi ishtirokchiga berilgan raqam va boshqa ishtirokchining raqami bilan).
agar yakuniy bayonnomada ishtirokchining nazorat punktlari boʻyicha maʻlumotlar mavjud boʻlmasa, ishtirokchining trassada borligi faktini tasdiqlovchi maʻlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi mumkin. Koʻrsatilgan maʻlumotlarni koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, koʻrsatilgan maʻlumotlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi qaror Bosh hakam va ishchi komissiya tomonidan qabul qilinadi.
22. Eʻtiroz (протест) va shikoyat (апелляция)lar.
Har bir ishtirokchi eʻlon qilingan dastlabki hisob varagʻidagi natijaga eʻtiroz bildirishi mumkin.
Eʻtiroz elektron yozma ravishda pochta orqali taqdim etilishi lozim.
Eʻtirozda ishtirokchining familiyasi va ismi, start raqami, masofa, daʻvo mohiyati va noaniqlikni tuzatishga yordam beradigan ilova qilingan materiallar boʻlishi talab eriladi.
Eʻtirozlar faqat ishtirokchilardan yoki ularning rasmiy vakillaridan 2022-yil
3-iyungacha halfmarathon@acdf.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Eʻtirozlarni koʻrib chiqish muddati – 5 ish kuni.
23. Yugurish tadbirining ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
24. Yugurish tadbirida ishtirok etish uchun arizalar
https://zaaminultra.uz/ veb-saytiga yuboriladi.
25. Yugurish tadbirida ishtirokchilarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish
2022-yil 20-may kuni soat 23:59 da (Toshkent vaqti bilan) yoki agar ishtirokchilar soni toʻlsa, undan oldinroq tugatiladi.
Agar ishtirokchilar sonining chegasi toʻlmagan boʻlsa, Tashkilotchilar roʻyxatdan oʻtish muddatini uzaytirish huquqiga ega.
Roʻyxatdan oʻtish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtiriladi.
26. Yugurish tadbiri kuni ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilmaydi.
27. Barcha ishtirokchilarga start raqamlari beriladi. Ishtirokchi yugurish tadbirida oʻz raqami ostida qatnashishi shart. Start raqamini boshqa ishtirokchiga oʻtkazishga faqat ishtirokchi elektron roʻyxatdan oʻtish paytida tanishadigan ommaviy taklif shartnomasida koʻrsatilgan ishtirok etish huquqini berish (oʻtkazish) qoidalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
28. Ishtirok etish uchun ariza bergan, pul toʻlagan (agar kerak boʻlsa) va roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi tasdiqni olgan ishtirokchi roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchi hisoblanadi.
29. Ishtirokchiga taqdim etilgan start toʻplami yugurish tadbiriga kirish belgisi hisoblanadi.
30. Start paketlarini tarqatish Toshkent shahrida 26-mayda amalga oshiriladi. Boshqa shaharlardan kelgan ishtirokchilar uchun (Toshkent shahridan tashqari)
28-may kuni start joyida tarqatiladi. Tarqatish joyi va vaqti toʻgʻriasidagi ma'lumot
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtiriladi;
31. Start paketni olgandan soʻng, ishtirokchi quyidagilarni taqdim etishi shart:
shaxsini va yoshini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi;
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namuna boʻyicha toʻldirilgan ishtirokchining tilxati;
16-17 yoshdagi ishtirokchilar uchun qoʻshimcha ravishda
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan
ota-onalarning 2 km masofaga yugurish musobaqasida qatnashishga rozilik tilxatining asli.
32. Start paketini vakolatli vakil orqali olgandan soʻng, quyidagilarni taqdim etish talab etiladi:
vakolatli shaxsning asl pasporti;
yugurish tadbiri ishtirokchisining pasport nusxasi yoki ID;
nusxasining orqasida, ishtirokchi oʻzining start paketini olishni ishonchli odamga ishonib topshirganligi toʻgʻrisida tilxat qoʻlda yozilishi kerak;
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namuna boʻyicha toʻldirilgan ishtirokchi tilxatining asl nusxasi;
16-17 yoshdagi ishtirokchilar uchun qoʻshimcha ravishda:
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan namunaga binoan toʻldirilgan
2 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun ota-onalarning rozilik xatining asli yoki ulardan birining shaxsiy ishtiroki 19-bandda koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng start paketini olgan ota-onalar.
33.Ishtirokchining familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud boʻlsa)
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida roʻyxatdan oʻtish paytida u tomonidan koʻrsatilgan pasport maʻlumotlariga mos kelishi shart. Aks holda, ishtirokchiga yugurish musobaqasida qatnashish taqiqlanishi mumkin.
34. Yugurish tadbiri doirasida ishtirokchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar.
Ishtirokchiga quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
ishtirokchining start toʻplami;
individual xronometraj xizmati;
yakuniy bayonnomadagi natija;
trassada ovqatlanish punktlarida xizmat koʻrsatish;
avtomatik rasmlar qidirish xizmati;
masofaning ayrim qismlarida video suratga olish xizmati;
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida joylashtirilgan ishtirokchining elektron sertifikati;
butun yoʻnalish boʻylab birinchi tibbiy yordam (zarur holatlarda);
finish medali;
kiyim almashtirish xonalari, shkaflar, hojatxonalar;
madaniy-koʻngilochar dastur.
35. Yugurish tadbiri ishtirokchisi uchun start toʻplami.
36. Ishtirokchining "Ultra 50K", "Half 21K", "Beginner 10K", "Fun 2K", masofalaridagi start toʻplamiga quyidagilar kiradi:
start raqami;
xronometraj uchun individual chip;
axborot bukleti;
brend sumka;
Toʻliq toʻplam xarid qilinganda, ishtirokchi qoʻshimcha ravishda quyidagilarni olish imkoniyatiga ega:
sharf (baf);
tadbir ramzlari tushirilgan futbolka.
37. Start paketlarini chiqarish faqat roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga,
32-bandda koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Start paketlarni oldindan chiqarish joyi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar
https://zaaminultra.uz/ veb-saytida yugurish tadbiridan kamida ikki hafta oldin eʻlon qilinadi.
38. Yugurish tadbirida qatnashish uchun toʻlov.
39. Yugurish tadbirlarida ishtirok etish badal miqdori:
2022-yil 07.04 – 20.05. (23:59 Toshkeht vaqti bilan)
"Fun 2K" - 100 000
"Beginner 10K", "Half 21K", "Ultra 50K" - 150 000
40. Ishtirok etish badali https://zaaminultra.uz/ veb-saytida lotin harflari bilan roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirgandan soʻng toʻlanadi.
41. Toʻlov usullari:
on-layn rejimida "Visa International", "MasterCard", "Maestro",
"Mir", "Uzcard", "Humo", "Payme", "Apelsin" toʻlov tizimlarining bank kartalari orqali. Toʻlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tafsilotlar https://zaaminultra.uz/ veb-saytida koʻrsatilgan.
42. Agar yugurish tadbirlari bekor qilinsa, unda ishtirok etish badali qaytarilmaydi.
43. Toʻlangan roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish va pulni qaytarish mumkin emas.
45. Tomoshabinlar va ishtirokchilar xavfsizligini taʻminlash maqsadida tadbir Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalarni jalb qilgan holda oʻtkaziladi.
46. Har bir ishtirokchi oʻz sogʻligʻini mustaqil ravishda nazprat qilib borishi va uzoq muddatli jismoniy faoliyatga qarshi koʻrsatmalar mavjudligiga qarshi tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart.
47. Tadbir ishtirokchilari, agar kerak boʻlsa, butun yoʻnalish boʻylab yugurish tadbirlari davomida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, shuningdek, start va finish hududlarida tez tibbiy yordam xizmati bilan taʻminlanadilar.
48. Tadbir tashkilotchilari ishtirokchining hayoti yoki jarohati, uning
mulkining yoʻqolishi yoki zararlanishi, shuningdek, tadbir davomida ishtirokchiga etkazilgan jismoniy zarar uchun javobgar emas. Ushbu qoida amaldagi tadbirning rasmiy sanalaridan oldin, davomida va undan keyin amal qiladi.
50. Tadbir tashkilotchilari tomonidan yugurish tadbirida qatnashuvchilarga baxtsiz hodisalardan hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polisini taqdim etishni tavsiya etiladi.
51. Ixtiyoriy sugʻurta sugʻurtalovchi (ishtirokchi tanlagan sugʻurta tashkiloti) va sugʻurtalangan (ishtirokchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
53. Tashkilotchilar tomonidan tadbirni foto va video tasvirga olish ishlari cheklovsiz olib boriladi.
54. Tashkilotchilar tadbir davomida olingan materiallardan qonuniy faoliyat doirasida oʻz xohishiga koʻra foydalanish, shuningdek, oʻtkazilayotgan tadbirlarni reklama qilish huquqiga ega.