1. Pullik avtobuslar. 28-29-may kunlari Toshkent shahridan tadbir oʻtadigan joyga tashkilotchining hamkorlari tomonidan taqdim etilgan pullik avtobuslar qatnovi tashkil qilinadi. Ishtirokchilar 28-may yoki 29-may kunlari tadbir oʻtadigan joyga kelishlari va toʻlovlarni shu joyda amalga oshirishlari mumkin.
2. Shaxsiy avtomobil. Ishtirokchilar 28-may yoki 29-may kunlari tadbir oʻtadigan joyga shaxsiy avtomobilida kelishlari, "START" joyi yonidagi avtoturargohda avtomobilini qoldirishalri mumkin. "START-FINISH" shaharchasi hududiga kirish uchun maxsus stiker talab etiladi. Maxsus stikerni Toshkent shahrida start paketlarini tarqatish vaqtida yoki internetdagi havola orqali chop etish yoʻli bilan olishlari mumkin.
3. Birgalikda borish. Ijtimoiy tarmoqlardagi chatlardan ishtirokchi
va tomoshabin sifatida "ZAAMIN ULTRA"ga tashrif buyuruvchilarni qidirib topish mumkin. Shuningdek, hamrohlar topish yoki oʻz avtomobilidan joy taklif qilish imkoniyati mavjud. Xohlovchilar
SHU manzildagi chatga qoʻshilishlari mumkin.